Soch jinoyat sodir bo‘lgan joyda topiladigan eng keng tarqalgan biologik dalillardan biri bo‘lib, sud tibbiyotida muhim rol o‘ynaydi. Ba‘zi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘kilgan sochlar jinoyat sodir bo‘lgan joylarda to‘plangan namunalarning 90 foizini tashkil qiladi. Odam organizmidagi barcha hujayralar o‘zida irsiy axbarot saqlaganligi tufayli, hujayralardagi DNK ni ajratib olish va o‘rganish orqali shaxsning belgilarini aniqlash mumkinligi va sochlarda ham DNK mavjudligini inobatga olgan holda ulardan ham DNK ajratib olishning samarali usullarini ishlab chiqish sud tibbiyoti uchun shuningdek, qo‘rg‘oshin yoki simob kabi metallar bilan zaharlanganlikni aniqlash uchun ham qo‘llash mumkin. Ushbu tezisda sochlar va ular tarkibidan DNK ajratib olish haqida so‘z boradi.